15−17-may kunlari Toshkentda Global Tech Weekend doirasida Tech Festival bo‘lib o‘tadi.

Tadbir startaplar, investorlar, dasturchilar va texnologiya sanoati vakillarini birlashtiradi.

Ishtirokchilar yangi mahsulot va yechimlar bilan tanishishlari, shuningdek, bozordagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qilishlari mumkin bo‘ladi.

Festival ochiq va interaktiv formatda o‘tkaziladi. Dasturdan panel muhokamalari, mahsulotlar namoyishi, kibersport musobaqalari, mentorlik sessiyalari va netvorking uchun maxsus hududlar o‘rin olgan.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.