17-may kuni Wunder Digital Uzbekistan bosh direktori Igor Kim Toshkentda tadbirkorlar, marketologlar va raqamli industriya vakillari uchun biznes-nonushta o‘tkazadi.

Uchrashuv mavzusi — Ortiqcha shovqin-suronsiz raqamli dunyo: ish samaradorligini oshirish haqida 40 daqiqa.

Biznes-nonushta davomida ishtirokchilar raqamli marketing samaradorligini oshirishga yondashuvlar, yirik brendlar bilan ishlash va zamonaviy ilg‘orlatish vositalarini muhokama qiladi.

Tadbir soat 11:00 da boshlanadi. Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Qatnashish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.