Joriy yilning 15−18-sentyabr kunlari Moskva shahrida World Food Moscow 2026 xalqaro oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston kompaniyalari Made in Uzbekistan milliy stendi tarkibida ishtirok etishga taklif qilinadi.

Ko‘rgazma maydoni ijarasi va stendni qurish bilan bog‘liq xarajatlar “Savdoni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan moliyalashtiriladi.

Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun elektron platforma orqali oldindan ariza topshirish lozim. Qo‘shimcha ma’lumotlarni +998 71 207 04 06 (113) telefon raqami orqali olish mumkin.