Hayot Bank 16-may kuni O‘zbekistonda islom bankchiligini va biznes uchun moliyaviy vositalarni rivojlantirishga bag‘ishlangan Hayot Bank Qadriyatli nomli anjuman o‘tkazadi.

Anjumanda islom moliyasining asosiy rivojlanish tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilish uchun bank sektori, fintex-kompaniyalar, tartibga soluvchi tashkilotlar vakillari hamda xalqaro ekspertlar bir davrada jam bo‘ladi.

Dasturdan ekspertlarning ma’ruzalari, amaliy keyslar tahlili, xalqaro tajriba va mamlakatda islom bank ishining kelajagiga bag‘ishlangan panel muhokamasi o‘rin olgan.

Spikerlar:

  • Odil Po‘latov — Hayot Bank boshqaruvi raisi
  • Muftiy Muhammad Ibrohim Essa — islom moliyasi sohasidagi xalqaro ekspert
  • Muhammad Javod Iqbol — United Bank Limited (Pokiston) prezidenti va bosh direktori
  • Maxtar Abdulla — Association of Shariah Advisors in Islamic Finance Malaysia (ASAS) bosh direktori
  • Xondamir Nusratxo‘jayev — islom bank ishi va moliyaviy tartibga solish sohasidagi ekspert

Konferensiya Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida soat 14:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish narxi 500 000 so‘mni tashkil etadi. Tashrif buyurish uchun oldindan chipta xarid qilish lozim.