10-oktyabr kuni Toshkentda marketpleyslar bo‘yicha to‘rtinchi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi. Tadbir Milliy istiqbolli loyihalar agentligi ko‘magida Sellers Association of Uzbekistan va O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Anjuman O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiyadan tadbirkorlar, amaldagi sotuvchilar, marketpleys vakillari hamda soha ekspertlarini bir davraga jamlaydi.
Ishtirokchilar onlayn savdoni rivojlantirish, mavsumiy sotuvlarga tayyorgarlik ko‘rish, tovarlarni ilgari surish, ombor hisobini avtomatlashtirish hamda sotuvni oshirishda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qiladilar. Qo‘shni davlatlar bozorlariga chiqish va Xitoydan mahsulot yetkazib berishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.
Spikerlar orasida Uzum E-com bosh direktori (CEO) Dmitriy Benzoruk, Uzum E-com operatsion direktori Danil Lebedev, Ozon Uzbekistan tijorat direktori Ivan Gordinskiy va Wildberries Uzbekistan tijorat direktori Vladislav Saxarov bor.
Dasturdan, shuningdek, tadbirkorlarning ma’ruzalari, amaliy keyslar tahlili va marketpleys sotuvchilari bilan panel munozarasi o‘rin olgan.
Ishtirok etish narxi 100 ming so‘mdan boshlanadi. Tashrif buyurish uchun tashkilotchilarning saytida chipta xarid qilish zarur. Qo‘shimcha ma’lumot telefon orqali: +998 97 000 90 40.