10-oktyabr kuni Toshkentda biznes, marketing va reklama agentliklari vakillari, PR mutaxassislari hamda xalqaro ekspertlarni birlashtiruvchi sakkizinchi TAF!26 xalqaro reklama festivali bo‘lib o‘tadi.
70 dan ortiq ma’ruzachi ishtirokidagi reklama konferensiyasi tadbirning markaziy voqeasiga aylanadi. Dastur yettita mavzuviy yo‘nalishni, jumladan brending va dizayn, kreativ industriyalar, raqamli kommunikatsiyalar, SMM, inflyuens-marketing, PR hamda obro‘-e'tiborni (reputatsiyani) boshqarishni qamrab oladi.
E’lon qilingan spikerlar orasida Uzum Market, Yandex, Bellissimo Pizza, Ipak Yuli Bank, MA’NO Branding va xalqaro reklama agentliklari vakillari bor. Ishtirokchilar soha trendlari, amaliy keyslar hamda marketing samaradorligini oshirish yondashuvlarini ko‘rib chiqadilar.
Festival doirasida ekspertlar bilan Marketing-navigator formatidagi yakkama-yakka konsultatsiyalar hamda 2025−2026-yillardagi reklama loyihalari taqdim etiladigan TAF!26 xalqaro samaradorlik va kreativlik tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi ham o‘tkaziladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon raqamlari orqali olish mumkin: +998 97 402 28 20, +998 97 037 28 20.