16−17-may kunlari IT Community Farg‘onada ATdagi karyera, sun’iy intellekt, startaplar va hududlarda texnologik hamjamiyatni rivojlantirishga bag‘ishlangan ikki kunlik IT Community Roadshow tadbirini o‘tkazadi.

Birinchi kuni ishtirokchilarni sun’iy intellekt va uning karyera qurishdagi o‘rni, startaplarni ishga tushirish, LinkedIn’da shaxsiy brendni rivojlantirish haqidagi chiqishlar, shuningdek, mahorat darslari, interaktiv mashg‘ulotlar va netvorking kutmoqda.

Ikkinchi kuni IT-sohasida o‘z faoliyatini boshlash, ta’lim imkoniyatlari bilan tanishish hamda texnologik hamjamiyatning bir qismiga aylanishni xohlagan xotin-qizlar uchun maxsus IT Community Roadshow sessiyasi bo‘lib o‘tadi.

Spikerlar orasida IT Community of Uzbekistan rahbari Shavkat Karimov, Women in Tech Uzbekistan direktori Anna Ambrozevich, School 21 vakili Barno Isomiddinova, sun’iy intellekt tadqiqotchisi va Machine Learning muhandisi Dilrabo Xidirova hamda boshqa ekspertlar bor.

Tadbirlar 16-may kuni Farg‘ona davlat texnika universiteti va 17-may kuni Opus Til Maktabi’da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, buning uchun tashkilotchilarning Telegram-boti orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

Marg‘ilon va Qo‘qon shaharlaridan keladigan ishtirokchilar uchun tadbir o‘tkaziladigan joygacha bepul avtobuslar tashkil etiladi.