20-may kuni Samarqandda GSMA M360 Eurasia konferensiyasi doirasida Pitch Day Uzbekistan bo‘lib o‘tadi.

Tadbir tayyor mahsulotga, tasdiqlangan traction’ga va xalqaro miqyosda kengaytirish rejalariga ega startaplar uchun mo‘ljallangan. Ishtirokchilar o‘z yechimlarini xalqaro maydonda investorlar va ekspertlarga taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

G‘oliblar IT Park Ventures’dan umumiy qiymati $22 ming bo‘lgan investitsiyani, shuningdek, MWC Barcelona 2027 doirasida 4YFN ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Sovrin jamg‘armasi uchta jamoa o‘rtasida taqsimlanadi.

Tadbirda ishtirok etish uchun 15-maygacha ariza topshirish lozim.