19-may kuni UEnter Toshkentda MA7 Ventures investorlari Murat Abdraxmanov va Yeljan Kushekbayev ishtirokida Rivojlanmaydigan AI startaplar mavzusida Open Talks o‘tkazadi.

Uchrashuv davomida spikerlar Markaziy Osiyodagi sun’iy intellekt startaplarining hozirgi holati, sun’iy intellekt mahsulotlariga sarmoya kiritish yondashuvlari va aksariyat loyihalarning o‘sish bosqichidan o‘tmasligiga olib keladigan xatolarni muhokama qiladilar.

Murat Abdraxmanov so‘nggi 10 yil ichida 60 dan ortiq startapga $25 mlndan ortiq sarmoya kiritdi, 14 ta exit-bitimini amalga oshirdi va Qozog‘istondagi birinchi yakkashox startap — Higgsfield AI’ning dastlabki investori bo‘ldi. MA7 Angels Club bosh direktori Yeljan Kushekbayev 90 dan ortiq startaplarga sarmoya kiritgan.

Dasturda MA7 Ventures portfelidagi haqiqiy bitimlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt bozori tendensiyalarini muhokama qilish, LLM mahsulotlarining istiqbollari haqida suhbatlashish, shuningdek, $300 mingdan $1 mlngacha sarmoya jalb qilishni rejalashtirayotgan asoschilar uchun tavsiyalar mavjud. Shuningdek, ishtirokchilarni Q&A sessiyasi va startap ekotizimi vakillari bilan netvorking kutmoqda.

Tadbir soat 14:00 da UEnter hududida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.