22-may kuni IT Park Ventures fondi investitsiya izlayotgan va biznesini kengaytirishga tayyorlanayotgan startaplar uchun Open Day o‘tkazadi.

Tadbirga tayyor mahsuloti, tasdiqlangan talabi va tajribali jamoasi mavjud bo‘lgan Seed hamda Series A bosqichidagi loyihalar taklif etiladi. Arizalarni nafaqat O‘zbekistondagi startaplar, balki xorijdagi vatandoshlarimiz tomonidan asos solingan loyihalar ham topshirishi mumkin. Shuningdek, tashkilotchilar onlayn ishtirok etish imkoniyatini ham yaratgan.

Ochiq eshiklar kuni doirasida ishtirokchilar fondning investitsiya jamoasi bilan individual pitch-sessiyalar o‘tkazishlari, ekspertlardan fikr-mulohazalar olishlari va o‘z loyihalarini IT Park Ventures tomonidan keyingi bosqichda ko‘rib chiqilishi uchun taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, eng sara loyihalar fondning qisqa ro‘yxatiga kiritilib, hamkorlar ekotizimidan foydalanish hamda kelgusida yanada o‘sish imkoniyatlarini qo‘lga kiritadi.

Joylar soni cheklangan, ishtirok etish dastlabki saralash natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish zarur.