22−24-may kunlari Bitcoin Pizza Fest jamoasi Toshkentda Bitcoin Pizza Fest 2026 ko‘cha festivalini o‘tkazadi.

Festival shahar open-air tadbiri formatida bo‘lib o‘tadi va kripto-entuziastlarni, texnologiyalar hamjamiyati vakillarini hamda raqamli texnologiyalar va kripto-sanoatga qiziquvchi barchani birlashtiradi.

Mehmonlarni pitsa taqdim etiladigan fud-zonalar, interaktiv mashg‘ulotlar, yutuqli o‘yinlar, sovg‘alar, musiqa va shahar festivali muhiti kutmoqda. Tashkilotchilar tadbirning o‘ziga xos jihatlaridan biri pitsa uchun bitkoin orqali to‘lov qilish imkoniyati bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Festival 22-maydan 24-maygacha soat 17:00 dan 22:00 ga qadar O‘zbekiston ovozi maydonida bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.