21-may kuni Samarqandda GSMA M360 Eurasia anjumani doirasida G‘oyadan keng ko‘lamgacha: investitsiyalarni qanday jalb qilish kerak? mavzusida amaliy vorkshop bo‘lib o‘tadi.

Spiker sifatida venchur kapitali va startap-ekotizimlari sohasida sakkiz yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan ekspert Medea Janjgava ishtirok etadi. Ayni paytda u Global Tech Weekend’da hamkorlik bo‘yicha direktor lavozimini egallab kelmoqda.

Sessiya davomida ishtirokchilar investitsiyalarni jalb qilish jarayoni, startaplarni kengayishga tayyorlash, investorlarning umidlari, fandreysingdagi odatiy xatolar hamda muzokaralar yuritish va loyihalarni taqdim etish strategiyalarini ko‘rib chiqadilar.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, vorkshop startap asoschilari hamda venchur fondlari va investorlar bilan ishlashga tayyorlanayotgan jamoalarga mo‘ljallangan.

Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.