20-may kuni IT Alliance assotsiatsiyasi Toshkentda Sun’iy intellekt: biznes o‘sishining vositasimi yoki so‘nggi tahdid mavzusida biznes-nonushta o‘tkazadi.
Tadbirda Sensorika kompaniyasi bosh direktori Norbek Arziyev spiker sifatida ishtirok etadi. Uchrashuv davomida qatnashchilar sun’iy intellektning savdo, tahlil, xavfsizlik, mijozlarga xizmat ko‘rsatish va biznes jarayonlarini boshqarishdagi amaliy qo‘llanishini muhokama qiladilar.
AI-texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xatarlarga, jumladan, ma’lumotlar xavfsizligi, AI-tizimlardagi nosozliklar, biznesning avtomatlashtirishga qaramligi va nazorat masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek, ishtirokchilar yaqin yillarda sun’iy intellektga asoslangan qanday yechimlar bozorni belgilab berishi hamda kompaniyalar yangi texnologiyalarni qanday qilib samarali va xavfsiz joriy etishi mumkinligi haqida fikr almashadilar.
Ishtirok etish pullik, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.