24-may kuni IT Community of Uzbekistan rahbari Shavkat Karimov Toshkentda O‘zingiz a’zo bo‘lishni istaydigan hamjamiyatni qanday qurish mumkin? mavzusida biznes-nonushta o‘tkazadi.

Spiker 25 yildan ortiq vaqt davomida xorijda — AQSH, Kanada, Shvetsiya va Belgiyada yashab, faoliyat yuritgan. U avvalroq Microsoft Community (Answers)'ga rahbarlik qilgan va Microsoft kompaniyasida SEO bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan. U, shuningdek, investor va startaplar mentoridir.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar kuchli professional hamjamiyatlar qanday shakllanishi, auditoriya e’tiborini saqlab turishga nimalar yordam berishi hamda nima uchun ayrim loyihalar atrofida odamlar o‘z-o‘zidan birlashib, boshqalariga esa qiziqish so‘nishi kabi masalalarni muhokama qiladilar.

Shuningdek, spiker o‘zining raqamli platformalarini ishlab chiqish, xalqaro hamjamiyatlar bilan ishlash va O‘zbekistonda IT-ekotizimni rivojlantirish borasidagi tajribasi bilan o‘rtoqlashadi.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan, ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.