23-may kuni Yandex Uzbekistan Toshkentda dasturchilar, muhandislar va IT sohasi mutaxassislari uchun Dev Meetup tadbirini o‘tkazadi.
Dasturdan texnik ma’ruzalar, jonli kodlash, karyera bo‘yicha mahorat darslari va zamonaviy muhandislik yondashuvlari muhokamasi o‘rin olgan. Tadbir ingliz tilida bo‘lib, o‘zbek tiliga sinxron tarjima qilinadi.
Spikerlar orasida Yandex Uzbekistan bosh direktori Izzat Shukurov, Yandex Uzbekistan’ning dasturiy ta’minot ishlab chiqish ofisi rahbari Anvar Umarov, Yandex Pro’ning flutter bo‘yicha texnik lideri Kostya Dovnar, Ma’lumotlar tahlili maktabi direktori Lyosha Tolstikov, Yandex ML School Uzbekistan akademik direktori Mahmudjon Sodiqov, shuningdek, Yandex rekruterlari va muhandislik bo‘limi rahbarlari bor.
Ishtirokchilar Yandex Pro jamoasi ilovalarni past tezlikdagi tarmoqlarda ishlash uchun qanday optimallashtirishi, sun’iy intellekt davrida ta’lim qanday o‘zgarishi va ML modellari amalda qanday ishlashi haqida bilib oladilar.
Shuningdek, dasturda dasturchilarning xalqaro bozorga chiqishi bo‘yicha mahorat darslari, CV tahlili hamda Yandex’da suhbatdan o‘tish bo‘yicha maslahatlar beriladi. Asosiy qismdan so‘ng ishtirokchilarni netvorking, kechki tushlik va Yandex Uzbekistan jamoasi bilan tanishish imkoniyati kutmoqda.
Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.