21-may kuni Uztelecom Kod IB loyihasi bilan hamkorlikda Toshkentda IT, axborot xavfsizligi va biznes sohalari mutaxassislari uchun xalqaro konferensiya o‘tkazadi.
Dasturdan uchta asosiy yo‘nalish o‘rin olgan: kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va bulutli texnologiyalar. Ishtirokchilar infratuzilmani himoya qilishning zamonaviy yondashuvlarini, sun’iy intellekt yechimlarini joriy etishni, shuningdek, kompaniyalar barqarorligi va samaradorligini oshirish maqsadida bulutli xizmatlardan foydalanish masalalarini muhokama qiladilar.
Tadbirda texnologiya kompaniyalari vakillari, soha ekspertlari va kasbiy hamjamiyat tajriba almashish hamda raqamli muhitning dolzarb muammolarini muhokama qilish uchun yig‘iladi.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.