30-may kuni CRM Party hamjamiyati School 21 bilan hamkorlikda Toshkentda mijozlarni saqlab qolish, sodiqlik dasturlari va raqamli mahsulotlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan Rivojlanish asosi anjumanini o‘tkazadi.
Dasturdan Korzinka, VEON, BirBor, Click, Open Bank, IMAN, M Cosmetic, School 21, ZARINA va Mindbox kabi kompaniyalarning 15 dan ortiq spikeri o‘rin olgan.
Ishtirokchilar fintex, riteyl va raqamli servislar bo‘yicha real keyslarni muhokama qiladilar: Telegram-botlar mobil ilovalarning o‘rnini qanday egallayotgani va daromadga qay tarzda ta’sir ko‘rsatayotgani, superaplarda foydalanuvchi sodiqligini nimalar shakllantirishi, shuningdek, kompaniyalarning mijozlar ma’lumotlari bilan ishlash uchun platformalarni qanday yo‘lga qo‘yayotgani kabi masalalar ko‘rib chiqiladi.
Spikerlar orasida Mixail Terentyev (Mailfit), Monika Avakyan (VEON Ads), Vladislav Yurovskiy (School 21), Azamat Islamgaliyev (IMAN), Valeriya Pais (Mindbox) va bozorning boshqa vakillari bor.
Anjuman kompaniya asoschilari, marketing direktorlari, mahsulot menejerlari, CRM-mutaxassislar, mijoz tajribasi jamoalari, elektron tijorat vakillari va dasturchilar uchun foydali bo‘ladi. Yakunda CRMni rivojlantirish, foydalanuvchilarni saqlab qolish va mahsulot marketingi trendlari yuzasidan ochiq panel muhokamasi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.