16-iyun kuni IT Park Uzbekistan Varshavada autsorsingni rivojlantirish hamda O‘zbekistondan raqamli xizmatlar eksportiga bag‘ishlangan ikkinchi Uzbekistan Global Scale & Outsourcing Conference anjumanini o‘tkazadi.
Tadbir IT, konsalting, BPO, KPO, GameDev va raqamli servislar sohasidagi xalqaro kompaniyalar hamda rahbarlarni O‘zbekistonda biznes yuritish va faoliyatni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun bir joyga to‘playdi.
Anjuman doirasida tashkilotchilar IT-kompaniyalar uchun soliq imtiyozlari, Zero Risk dasturi, ko‘p tilli mutaxassislardan foydalanish imkoniyati hamda mamlakatda IT-autsorsingni rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritadi. Dasturdan O‘zbekistonning raqobatdagi ustunliklari, malakali kadrlarni topish, biznesni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha sessiyalar, shuningdek, networking tushligi va B2B uchrashuvlari o‘rin olgan.
Anjuman 10:30 dan 14:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.