3-iyun kuni IT Alliance Toshkentda “Investitsiya izlashdan boshqaruv yetukligigacha: investorlar uchun jozibador kompaniyalar qanday boshqariladi” mavzusida biznes-nonushta o‘tkazadi.
Tadbirda spiker sifatida korporativ moliya va investitsiyaviy tayyorgarlik bo‘yicha 25 yildan ortiq xalqaro tajribaga ega mutaxassis, SOGD Advisory asoschisi va boshqaruvchi hamkori Roza Gazizova so‘zga chiqadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar investorlar aslida qanday omillarni baholashini, qo‘lda boshqarishdan tizimli yondashuvga qanday o‘tish mumkinligini hamda korporativ boshqaruv sifati nima sababdan biznes qiymati va kapitaldan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir qilishini muhokama qiladilar.
Shuningdek, kompaniyalar o‘sishning keyingi bosqichi uchun jarayonlarni qanday yo‘lga qo‘yishi kerakligi va qanday boshqaruv xatolari ko‘pincha investitsiyalarni jalb qilishga to‘sqinlik qilishi haqida so‘z boradi.
Tadbir tor doirada, cheklangan o‘rinlar bilan o‘tkaziladi.Ishtirok etish pullik bo‘lib, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.