27-may kuni ALPHA Toshkentda korporativ ta’lim va xodimlarni rivojlantirish sohasidagi jahon trendlariga bag‘ishlangan ochiq uchrashuv o‘tkazadi.

Unda yaqinda Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan ta’lim va rivojlanish sohasidagi eng yirik xalqaro ATD 2026 anjumanida qatnashib kelgan CBSD Global vakillari Igor Korganov va Vyacheslav Drigo spiker sifatida ishtirok etadi. Bu yilgi tadbirga 7 mingdan ortiq ishtirokchi, 350 ta sessiya va 300 dan ortiq eksponent-kompaniya qatnashdi.

Uchrashuv davomida ekspertlar global HR va L&D trendlari haqida so‘zlab beradi, amaliy keyslar bilan o‘rtoqlashadi hamda korporativ ta’limda qaysi yondashuvlar haqiqatan ham ishlayotgani, qaysilari esa shunchaki ko‘zbo‘yamachilik uchun innovatsiya bo‘lib qolayotganini muhokama qiladi.

Shuningdek, ishtirokchilar qaysi xalqaro tajribalarni bugunoq mahalliy kompaniyalarga moslashtirish mumkinligi va biznesning raqamli transformatsiyasi sharoitida xodimlarni rivojlantirishga yondashuv qanday o‘zgarayotganini bilib oladi.

Ishtirok etish bepul, buning uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab qilinadi.