4-iyun kuni Fido Business sun’iy intellektdan foydalanish bilan bog‘liq ISO 42001 standarti va xavflarni boshqarishga bag‘ishlangan onlayn-uchrashuv o‘tkazadi.
Spiker sifatida yetti yildan ortiq vaqt davomida axborot xavfsizligi va IT-audit bilan shug‘ullanib kelayotgan, ISO 42001 sertifikatiga ega yetakchi auditor Haydar Qaysarov so‘zga chiqadi. U avval banklar, sanoat korxonalari va davlat tuzilmalari bilan ishlagan.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar ISO 42001 standartini joriy etish qanday afzalliklar berishini, kompaniyalar SI risklarini boshqarish jarayonlarini qanday yo‘lga qo‘yayotganini hamda nima sababdan xalqaro standartlar mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchini qozonishda muhim omilga aylanayotganini muhokama qiladi.
Shuningdek, spiker sertifikatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishning amaliy qadamlarini, standartni joriy etish bo‘yicha real keyslarni hamda yangi talablarning texnologik kompaniyalar va moliya sektoriga ta’sirini tahlil qilib beradi.
Ishtirok etish uchun tashkilotchilar havolasi orqali oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.