4-iyun kuni ATI.SU platformasi Toshkentda logistika vakillari, tashuvchilar, yuk jo‘natuvchilar va transport kompaniyalari uchun LogiTrends Uzbekistan 2026 anjumanini o‘tkazadi.
Dasturdan O‘zbekiston logistika bozorining 2026−2027-yillarga mo‘ljallangan asosiy trendlari, raqamli yechimlar, jarayonlarni avtomatlashtirish va biznes samaradorligini oshirish vositalarini muhokama qilish o‘rin olgan.
Ishtirokchilar kompaniyalarning logistikada sun’iy intellekt va IT-yechimlardan qanday foydalanayotgani, kontragentlar bilan ishlashda xatarlarni qay yo‘sinda kamaytirish mumkinligi hamda bugungi kunda yuk jo‘natuvchilar transport sohasidagi hamkorlardan nimalar kutayotganini bilib oladi. Muhokama qilinadigan mavzular qatoriga avtomobil tashuvlarini rivojlantirish, sohani raqamlashtirish, logistikani avtomatlashtirish, biznes xavfsizligi va kompaniyalarning amaliy keyslari kiradi.
Anjuman rahbarlar, logistlar, tashuvchilar, ekspeditorlar va soha uchun texnologik yechimlar yetkazib beruvchilarga foydali bo‘ladi.
Tadbir Wyndham Tashkent mehmonxonasida, Silk Road Hall zalida bo‘lib o‘tadi. Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.