1-iyun kuni Big Sky Capital kompaniyasi Founders Hub Uzbekistan bilan hamkorlikda Toshkentda startap asoschilari uchun “Investorlar aslida nimani izlaydi?” mavzusida uchrashuv o‘tkazadi. Unda Big Sky Capital bosh hamkori Jan Karsibayev spiker sifatida so‘zga chiqadi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar investorlar rivojlanishning dastlabki bosqichlarida jamoalar, mahsulotlar va kompaniyalarni qanday baholashini, shuningdek, nima uchun ko‘plab startaplar mijozlarning haqiqiy ehtiyojlariga emas, balki investorlarning umidlariga asoslanib qurilayotganini muhokama qiladilar.

Dasturdan panel munozarasi, ochiq savol-javoblar sessiyasi, shuningdek, investor bilan bevosita muloqot qilish hamda investitsiyaviy qarorlar qanday qabul qilinishini bilib olish imkoniyati o‘rin olgan.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.