3-iyun kuni Fido-Business Academy “Biznes va IT-arxitektor: bu sizning kompaniyangizga nima uchun kerak?” mavzusida bepul vebinar o‘tkazadi.
Vebinarda Smart Architects kompaniyasining korxona arxitekturasi bo‘yicha metodologi Maksim Arzumanyan spiker sifatida ishtirok etadi. Uning loyihalari orasida “Gazprom neft”, “Severstal” va “Rossiya pochtasi” uchun ishlab chiqilgan yechimlar bor.
Vebinar davomida ishtirokchilar kompaniyalarga korporativ arxitektura nima uchun zarurligini, biznes va IT o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘yishni, shuningdek, arxitektura yondashuvining asosi sifatida TOGAFdan foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki yo‘qligini muhokama qiladi.
Spiker yirik kompaniyalar amaliyotidan real misollarni tahlil qilib, arxitektura yondashuvi raqamli o‘zgarishlar va IT-strategiyani tizimli boshqarishga qanday yordam berishi haqida so‘zlab beradi.
Ishtirok etish bepul. Ro‘yxatdan o‘tish uchun @academyfbcourses_bot Telegram-botiga murojaat qilish zarur.