4-iyun kuni TBC Bank Biznes Namangan viloyati hokimligi bilan hamkorlikda Namangan shahrida kichik va o‘rta biznes vakillari uchun TBC Suhbat: Biznes konferensiyasini o‘tkazadi.
Dasturdan biznesni kengaytirishdagi xatolar, sun’iy intellekt va raqamli vositalarni joriy etish, franshiza asosida rivojlanish hamda oilaviy biznes qurish kabi masalalar muhokamasi o‘rin olgan.
Spikerlar:
- Rustam Xamdamov (BILLZ) — kichik biznesni raqamlashtirish va do‘konlarni avtomatlashtirish haqida;
- Laziz Adxamov (Link Trade) — biznes o‘sishi uchun sun’iy intellektdan foydalanish haqida;
- Dinara Islamova (Dodo Pizza) — franchayzing asosida biznesni rivojlantirish va yetakchilik haqida;
- Charos Kamalova (Teplo Store) — brendni rivojlantirishga tizimli yondashuv haqida;
- Muborak Muxrimova (Toshkent Gullari Group) — oilaviy biznesni rivojlantirish haqida.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.