12-iyun kuni IT Park Tashkent’da AQSH bozorida o‘z loyihalarini rivojlantirishni rejalashtirayotgan startapchilar va tadbirkorlar uchun Silkroad Innovation Hub asoschisi va bosh direktori Asset Abdualiyev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar Alchemist Accelerator va Silicon Valley Residency dasturlarining imkoniyatlari, ariza topshirish jarayoni hamda saralash bosqichlari haqida bilib oladilar.
Shuningdek, Amerika vizasini olish, AQSH bozoriga chiqish strategiyalari, ilk mijozlarni topish, investorlar va mentorlar bilan ishlash, qolaversa, Kremniy vodiysida professional aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.