7-iyun kuni Pro Business Jolbors Festival hamda Pointy kommunikatsiya va strategiya studiyasi hammuassisi Sabina Reyngold bilan biznes-nonushta o‘tkazadi.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar brendni raqobatchilardan qanday ajratib ko‘rsatish, pozitsiyasini shakllantirish va kompaniya obro‘sini mustahkamlash masalalarini muhokama qiladi.
Shuningdek, kuchli brend nima uchun mijozlarni jalb qilish xarajatlarini kamaytirishga yordam berishi hamda qanday vositalar biznesning raqobat muhitida o‘sishini ta’minlashi haqida so‘z boradi.
Sabina Reyngold 15 yildan ortiq vaqtdan beri marketing va kommunikatsiyalar sohasida faoliyat yuritadi. Avvalroq u Beeline Qirg‘iziston va “Kulikovskiy” qandolat uyida kommunikatsiya yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan, shuningdek, GForce/Grey va Friends Moscow agentliklarida ishlagan. 2025-yilda Forbes Woman uni Qozog‘istonda marketingni rivojlantirayotgan sakkiz ayol ro‘yxatiga kiritgan.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan pullik.