16-iyun kuni IT Park Uzbekistan Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlariga chiqishdan manfaatdor bo‘lgan startaplar uchun Toshkentda uchrashuv o‘tkazadi.
Tadbir IT Park Uzbekistan va Astana Hub’ning startaplarni tashqi bozorlarga chiqishda qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shma tashabbusi — Big Sky SEA Hub dasturining ishga tushirilishiga bag‘ishlanadi.
Tadbirda Big Sky Capital hammuassisi Adil Nurgojin spiker sifatida ishtirok etadi. Uchrashuv davomida u Janubi-Sharqiy Osiyo bozorlarining o‘ziga xos jihatlari, Malayziya va Singapurga chiqish strategiyalari haqida so‘zlab beradi, shuningdek, xalqaro miqyosga chiqishga tayyor startaplar uchun amaliy tavsiyalar bilan o‘rtoqlashadi.
Ishtirokchilar, shuningdek, Big Sky SEA Hub dasturi hamda Kuala-Lumpur bozoriga chiqish orqali investitsiyalar jalb qilish imkoniyatlari haqida batafsil bilib oladilar.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.