5−11-iyun kunlari Soliq qo‘mitasi O‘zbekiston hududlarida Prezidentning “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida"gi PF-100-son Farmoniga bag‘ishlangan seminarlar turkumini o‘tkazadi.

Ishtirokchilarga kichik biznes uchun soliq rejimini soddalashtirish, QQS ma’muriyatchiligini takomillashtirish, aylanmalarning shaffofligini oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan yangiliklar haqida ma’lumot beriladi.

Seminarlar Soliq qo‘mitasi rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadi.

Tadbirlar jadvali:

  • 5-iyun — Jizzax, Sirdaryo, Toshkent va Xorazm viloyatlari;
  • 8-iyun — Andijon, Navoiy va Namangan viloyatlari;
  • 9-iyun — Buxoro va Farg‘ona viloyatlari;
  • 10-iyun — Qashqadaryo viloyati;
  • 11-iyun — Samarqand va Surxondaryo viloyatlari.