19-sentyabr kuni Toshkentda franchayzing bo‘yicha 20 yildan ortiq tajribaga ega xalqaro ekspert Murat Azamov ishtirokida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv biznes egalari, tadbirkorlar va rahbarlarga mo‘ljallangan.

Spiker kompaniyaning franshizani ishga tushirishga tayyorligini qanday baholash va ishlaydigan franchayzing modelini shakllantirish haqida gapirib beradi. Dastlabki franchayzilarni topish, shuningdek, biznesni kengaytirishda sifat va nazoratni saqlab qolishga alohida e’tibor qaratiladi.

Ishtirokchilar, shuningdek, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda miqyosni kengaytirish imkoniyatlari hamda franshizani ishga tushirishdagi asosiy xatolarni tahlil qiladilar.

Qo‘shimcha ma’lumotni +998 99 200 82 72 telefon raqami orqali olish mumkin.