19-sentyabr kuni Toshkentda Paper Planes asoschisi va boshqaruvchi hamkori, biznesni transformatsiya qilish va Data Driven Management bo‘yicha ekspert Ilya Balaxnin ishtirokida biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv “O‘sishning 9 ta richagi: kompaniya foydasini qanday qilib tizimli boshqarish mumkin” mavzusiga bag‘ishlanadi. Ma’ruzachi biznesni rivojlantirish nima uchun faqat savdoni oshirish bilan cheklanib qolmasligi va o‘sishni boshqarish uchun qanday vositalardan foydalanish mumkinligini tahlil qilib beradi.
Dasturdan strategiya va boshqaruv moliyasi, jamoa bilan ishlash va korporativ madaniyat, biznes-jarayonlarni avtomatlashtirish hamda ma’lumotlardan foydalanish masalalari o‘rin oladi. Balaxnin 15 ta davlatda 800 dan ortiq loyihani amalga oshirgan va yirik kompaniyalar bilan ishlagan.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.