17-sentyabrdan 19-sentyabrgacha Nukusda TechnoWomen Hackathon bo‘lib o‘tadi. Texnologiyalarga va o‘z loyihalarini ishlab chiqishga qiziqqan qizlar ishtirok etishga taklif qilinadi.
Uch kun davomida ishtirokchilar jamoalarda o‘z yechimlarining prototiplarini yaratish ustida ishlaydilar. Bu jarayonda ularga mentorlar yordam beradilar, finalda esa jamoalar ishlab chiqilgan loyihalarni ekspertlarga taqdim etadilar.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.