19-sentyabr kuni Techstars Uzbekistan Yandex Uzbekistan bilan hamkorlikda “G‘oyadan — haqiqiy AI-mahsulotgacha” nomli amaliy Bootcamp o‘tkazadi. U talabalar, yangi boshlayotgan faunderlar hamda texnologiyalarga qiziqadigan va sun’iy intellekt qo‘llagan holda o‘z mahsulotini ishlab chiqmoqchi bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
Dastur AI yordamida texnologik mahsulotlarni amaliy yaratishga bag‘ishlangan. Ishtirok etish uchun chuqur texnik bilim yoki dasturlash tajribasi talab etilmaydi.
Ishtirok etish oldindan ro’yxatdan o’tish asosida bepul.