11-iyun kuni O‘zbekistonning Italiyadagi elchixonasi ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan Italy Meets Uzbekistan nomli onlayn vebinar o‘tkazadi.
Tadbir doirasida Italiyaning Cassa Depositi e Prestiti davlat investitsiya banki tomonidan ishlab chiqilgan qo‘shma Italiya-O‘zbekiston raqamli platformasi taqdim etiladi. U kompaniyalarga potensial hamkorlarni topish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatish, biznes uchrashuvlarini tashkil etish va qo‘shma loyihalar bo‘yicha muzokaralar olib borish imkoniyatini beradi.
Shuningdek, ishtirokchilar loyihalarni moliyalashtirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlari haqida ham bilib olishlari mumkin.
Vebinarda Cassa Depositi e Prestiti, SACE eksport-kredit agentligi, SIMEST investitsiya agentligi, Confindustria biznes-assotsiatsiyasi, Italiya savdo agentligi vakillari hamda 200 ga yaqin Italiya kompaniyasi ishtirok etishi kutilmoqda.
Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.