23-iyun kuni Toshkentda marketpleys sotuvchilari, ishlab chiqaruvchilar, yetkazib beruvchilar, logistika kompaniyalari va elektron tijorat vakillari uchun Ecom Business Fest 2026 ko‘rgazma va anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Uzum Market, Wildberries, Freedom Pay, MoySklad, Chernogolovka kabi kompaniyalar hamda elektron tijorat uchun turli yechimlarni taklif etuvchi 30 dan ortiq tashkilot ishtirok etadi.
Dasturdan bozor ekspertlarining chiqishlari, amaliy keyslar tahlili va mahorat darslari o‘rin olgan. Ishtirokchilar marketpleyslar bilan ishlash, logistika va buyurtmalarni omborda qayta ishlash, sun’iy intellektni qo‘llash, korxona resurslarini va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimlari, to‘lov yechimlari hamda onlayn savdoni rivojlantirishning boshqa vositalarini muhokama qiladi.
Ko‘rgazma maydonida ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar potensial hamkorlar bilan bevosita tanishish hamda hamkorlik shartlarini vositachilarsiz muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Anjumanda O‘zbekiston, Rossiya va boshqa mamlakatlardan 3000 dan ziyod soha vakilining ishtirok etishi kutilmoqda.
Ko‘rgazma hududiga kirish bepul.