10-iyun kuni Toshkentda tadbirkorlar, startaplar hamda transport-logistika sohasi vakillari uchun moliyaviy boshqaruvga bag‘ishlangan mahorat darsi bo‘lib o‘tadi.

Mahorat darsida Datatruck asoschisi va bosh direktori Shohruh Rahmonov spiker sifatida ishtirok etadi. AQShning transport va logistika kompaniyalari bilan ishlash bo‘yicha 18 yildan ortiq tajribaga ega moliyaviy ekspert, investor va biznes-maslahatchi Muhitdin Xayrullayev esa maxsus mehmon bo‘ladi.

Ishtirokchilar moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish, kompaniya moliyasini samarali boshqarish, kassa uzilishlarining oldini olish va operatsion foydani oshirishni o‘rganadilar.

Shuningdek, ekspertlar biznesni kengaytirish strategiyalari haqida so‘z yuritadi va muvaffaqiyatli xalqaro kompaniyalar misolida moliyaviy boshqaruvga yondashuvlarni tahlil qilib beradi.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan ishtirok etish bepul.