11-iyun kuni School 21'da Women in Tech Uzbekistan tomonidan Alif Uzbekistan bilan hamkorlikda tashkil etilgan Women in Tech Talks uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilarni texnologiya sohasi mutaxassislarining chiqishlari, karyeraviy o‘sish, kasbiy qiyinchiliklar va jadal rivojlanayotgan kompaniyalarda yuksalish masalalari muhokamasi kutmoqda.
Spikerlar qatorida:
- Leyli Esenova, Senior Product Manager — karyera va oilani birga olib borish haqida;
- Mushtaribonu Hamroqulova, IT Project Manager — vazifalarni boshqarishdan mahsulot natijasiga ta’sir ko‘rsatishga o‘tish to‘g‘risida;
- Muna Shukurova, boshqaruvchi direktor — texnologiyalarda empatiyaning o‘rni haqida;
- Kamilla Veyskerber, yetakchi ma’lumotlar tahlilchisi — Danning-Kryuger samarasi va qaror qabul qilish haqida so‘z yuritadi.
Chiqishlardan so‘ng ishtirokchilar sohadagi hamkasblari bilan muloqot qilish va yangi kasbiy tanishlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ishtirok etish bepul, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.