Mitap ishtirokchilari potensial mehmonlar dam olish maskanlari, glempinglar, mehmonxonalar va spa-majmualarni qayerdan izlashini hamda Yandex servislaridagi qaysi vositalar mijozlarni jalb qilishga yordam berishini bilib oladi.

Dasturdan turizm sohasidagi talab, mavsumiylik, auditoriya xulq-atvori va dam olish joyini tanlashga ta’sir qiluvchi omillar tahlili o‘rin olgan. Shuningdek, ekspertlar Qozog‘iston va Rossiya bozorlarida biznesni rivojlantirish haqida so‘zlab, xorijiy sayyohlarni jalb qilish uchun reklama kampaniyalarini qanday yo‘lga qo‘yishni ko‘rsatib beradi.

Spikerlar — Yandex Qazaqstan’ning kichik va o‘rta biznes savdolari bo‘limi rahbari Olga Melnikova hamda mijozlar bilan ishlash bo‘yicha menejer Nikolay Polishchev.

Ishtirokchilar o‘z yo‘nalishidagi talabga doir ma’lumotlar, ilk reklama kampaniyasi tuzilmasi, reklamani ishga tushirish bo‘yicha tavsiyalar va elektron sertifikatga ega bo‘ladi.

Ishtirok etish bepul. Oflayn ishtirok etish uchun tashkilotchilardan tasdiq olish zarur.