Toshkent shahar hokimligi Xitoyning Shanghai LinkWise Data Tech kompaniyasi bilan transportni intellektual boshqarish masalasini muhokama qildi.
Muloqot davomida Toshkent shahrida raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish va sun‘iy intellekt yechimlaridan samarali foydalanish haqida so‘z bordi.
Shuningdek, ma‘lumotlarni yagona raqamli muhitda jamlash, ularni tahlil qilish, qayta ishlash, saqlash muhokama qilindi.
Shu bilan birga, data-markazlar va “bulut"li infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar tirbandliklarni tahlil qilish va prognozlash bo‘yicha raqamli yechimlarni muhokama qildi.


Jamoat xavfsizligi, ekologik monitoring hamda kommunal xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga e‘tibor qaratildi.
Yakunda tomonlar hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va Toshkentning raqamli rivojlanish yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muloqotlarni davom ettirishga kelishib oldi.
Spot, avvalroq, Toshkentdan Bag‘dodga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.

