18-iyul kuni Toshkentda ma’lumotlar tahlili, biznes-analitika va axborotni qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalariga bag‘ishlangan Data Fest 2026 konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan xalqaro ekspertlar, jumladan, H&M va Dropbox mutaxassislarining chiqishlari o‘rin olgan. Ular yechimlarni ishlab chiqish, tahliliy vositalardan foydalanish hamda ma’lumotlar bilan ishlash borasidagi amaliy tajribalari bilan o‘rtoqlashadilar.
Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.