16-iyul kuni Toshkentda “O‘zbekistonda islom bankchiligi: texnologiyalar, investitsiyalar va banklar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida yopiq davra suhbati bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda islom bankchiligini rivojlantirish, xalqaro tajriba, qonunchilikdagi o‘zgarishlar, zamonaviy moliyaviy texnologiyalar hamda bozor istiqbollari kabi masalalar diqqat markazida bo‘ladi.
Tadbirda AAOIFI Kengashi a’zosi Xondamir Nusratxo‘jayev, islom moliyasi bo‘yicha mutaxassis Jahongir Imomnazarov va Markaziy Osiyo moliyaviy texnologiyalar assotsiatsiyasi raisi Otabek Nosirov ma’ruzachi sifatida so‘zga chiqadi.
Ishtirok etish uchun banklar, mikromoliya tashkilotlari, moliya kompaniyalari va tegishli bo‘linmalar rahbarlari taklif etiladi.
Joylar soni cheklangan. Tadbirda oldindan topshirilgan ariza asosida ishtirok etish mumkin. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.
Islom bankchiligi mavzusida yopiq davra suhbati
Bank va moliya tashkilotlari rahbarlari O‘zbekistonda islom bankchiligini rivojlantirishning yangi imkoniyatlari va istiqbollarini muhokama qiladi.
- 427
- Izoh
- Tavsiya qilish
Yaqin oradagi tadbirlar
18 sentabr — 20 sentabr Biznes
Adizes metodologiyasi bo'yicha uch kunlik intensiv kurs
Toshkent
8 500 000 so'm