16-iyul kuni Toshkentda qarzdorlikni undirishning zamonaviy amaliyotlari va ularni O‘zbekiston bozor sharoitlariga moslashtirishga bag‘ishlangan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Dasturdan Acclaim kompaniyasining xalqaro ekspertlari ma’ruzalari o‘rin olgan. Ular xorijiy bozorlar tajribasi, undiruv jarayonlarida sun’iy intellektdan foydalanish, shuningdek, kadrlar va operatsion omillarning moliyaviy tashkilotlar faoliyati samaradorligiga ta’siri haqida so‘z yuritadi.
Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun telefon yoki elektron pochta orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur: +998 90 968 27 94, nigora.akilova@acclaim.ai.