18-iyul kuni Toshkentda inflyuenser, ovoz va nutq bo‘yicha murabbiy Azyar Mamedov bilan biznes-nonushta bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuvda ishtirokchilar kuchli va ishonchli ovozni shakllantirish, omma oldida so‘zlash ko‘nikmalarini takomillashtirish hamda nutqdan ta’sir vositasi sifatida foydalanishni o‘rganadilar. Shuningdek, dasturdan amaliy qism ham o‘rin olgan bo‘lib, uning davomida ishtirokchilar olingan tavsiyalarni darhol amalda qo‘llab ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish pullik, oldindan ro‘yxatdan o‘tish sharti bilan.