22-iyul kuni Toshkentda zamonaviy IT-ekotizimning tuzilishi va uning asosiy ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligiga bag‘ishlangan IT-Alliance biznes-nonushtasi bo‘lib o‘tadi.

IT DOTCOM kompaniyasi direktori Oybek Mavlonov IT-yechimlarning to‘liq hayotiy sikli — ishlab chiqaruvchidan to yakuniy buyurtmachigacha bo‘lgan bosqichlari, mahsulot narxini shakllantirish tamoyillari, zamonaviy savdo va servis xizmati modellari hamda bozor ishtirokchilarining o‘zaro hamkorlik qilish xususiyatlari haqida so‘zlab beradi. Asosiy qismdan so‘ng ishtirokchilar ishbilarmonlik muhitida dolzarb masalalarni muhokama qilishlari va tajriba almashishlari mumkin bo‘ladi.

Ishtirok etish narxi — 300 ming so‘m. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.