ALPHA kompaniyasi yetakchilik, biznesni rivojlantirish va kompaniyalarni boshqarishning zamonaviy yondashuvlariga bag‘ishlangan CEO Talks ochiq ma’ruzalar turkumini boshlamoqda.

Loyihaning birinchi mehmoni Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov bo‘ladi. Uchrashuv davomida u tez o‘zgaruvchan biznes muhitida jamoa tuzish, loyihalarni kengaytirish va qarorlar qabul qilish borasidagi o‘z tajribasi bilan bo‘lishadi. Ma’ruzalar turkumiga ALPHA bosh direktori Alisher Jumaniyozov moderatorlik qiladi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.