Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro ta’lim dasturlariga hujjatlar qabulini yakunlamoqda. Abituriyentlar 24-iyulga qadar ariza topshirishlari mumkin. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan nomzodlar uchun grant asosida tahsil olish imkoniyati mavjud.

Bugungi kunda ish beruvchilar xalqaro muhitda ishlay oladigan, ingliz tilini erkin biladigan va zamonaviy raqamli texnologiyalarni amalda qo‘llay oladigan mutaxassislarni qidirmoqda. Shu sababli xalqaro ta’lim dasturlari abituriyentlar orasida eng talabgir yo‘nalishlardan biriga aylangan.

inha universiteti, reklama

2026-yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti quyidagi uchta xalqaro ta’lim dasturi bo‘yicha qabul e’lon qiladi:

  • Janubiy Koreya — Kompyuter va axborot injiniringi (SOCIE), Biznes va logistika (SBL);
  • Buyuk Britaniya — Axborot texnologiyalari, Biznes va menejment;
  • Italiya — Kompyuter injiniringi va ma’lumotlar tahlili.

inha universiteti, reklama

Ta’lim to‘liq ingliz tilida olib boriladi hamda fundamental akademik tayyorgarlikni amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuv bilan uyg‘unlashtiradi. Talabalar haqiqiy loyihalar ustida ishlaydi, zamonaviy texnologiyalarni o‘rganadi, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantiradi va xalqaro mehnat bozori talablariga mos bilimlarga ega bo‘ladi.

inha universiteti, reklama

Dasturlarning asosiy afzalliklaridan biri “3+1” ta’lim modeli. Talabalar dastlabki uch yilni Toshkent shahrida tahsil olib, to‘rtinchi bosqichda tanlangan dasturga qarab Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya yoki Italiyadagi hamkor universitetda o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

inha universiteti, reklama

Xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan tashqari, universitet zamonaviy ta’lim infratuzilmasini ham taklif etadi. Talabalar sun’iy intellekt laboratoriyalari, IT auditoriyalari, loyiha ustida ishlash uchun maxsus maydonlar hamda qulay talabalar turar joyidan foydalanishlari mumkin.

Yana bir muhim afzallik — davlat granti asosida tahsil olish imkoniyati. Saralash natijalariga ko‘ra eng yaxshi nomzodlar grant asosida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.

inha universiteti, reklama

Toshkent shahridagi Inha universiteti bitiruvchilari bugungi kunda O‘zbekistonda va xorijda muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Ular:

  • Google, Microsoft, Amazon, EPAM Systems, UZINFOCOM, Beeline Uzbekistan, Ucell, Uzum, Click, Yandex Uzbekistan, Huawei, SAP, Deloitte, EY, KPMG hamda boshqa ko‘plab texnologik, moliyaviy va konsalting kompaniyalarida ishlamoqda.

Shuningdek, ko‘plab bitiruvchilar o‘z IT-startaplarini tashkil etib, innovatsion loyihalarni rivojlantirmoqda.

Ta’limning asosiy afzalliklari:

  • grant asosida tahsil olish imkoniyati;
  • xalqaro ta’lim dasturlari;
  • ta’limning to‘liq ingliz tilida olib borilishi;
  • 3+1 modeli asosida xorijda o‘qishni davom ettirish imkoniyati;
  • xalqaro akademik va professional tajribaga ega professor-o‘qituvchilar;
  • IT, biznes va logistika yo‘nalishlari uchun zamonaviy infratuzilma;
  • amaliyotga yo‘naltirilgan ta’lim;
  • bitiruvchilarni xalqaro kompaniyalarda ishga joylashish darajasining yuqoriligi.

inha universiteti, reklama

Hujjatlar qabuli 24-iyulgacha davom etadi. Bu joriy qabul doirasida Toshkent shahridagi Inha universiteti xalqaro ta’lim dasturlariga hujjat topshirish va grant asosida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritish uchun so‘nggi imkoniyat.

Batafsil ma’lumotni (+998) 71−289−99−94 telefoni orqali, Telegram-kanali yoki sayt orqali olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.