Abu-Dabiga ilk bor sayohatni rejalashtirayotganlar uchun yoqimli kashfiyotlar kutmoqda. Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti — bu nafaqat hashamatli mehmonxonalar va plyajlar, balki boy madaniyat, hayratlanarli me’morchilik va sokin muhitga ega shahar hamdir.

Asialuxe Travel jamoasi bu yerga birinchi marta kelayotgan har bir sayyoh o‘z marshrutiga kiritishi kerak bo‘lgan joylarni jamladi.

Shayx Zayd masjidi

Abu-Dabi bilan tanishuvni shaharning asosiy ramzi — Shayx Zayd masjididan boshlagan ma’qul.

Oppoq marmar, ulkan gumbazlar, nafis mozaikalar va dunyodagi eng katta qandillardan biri uni haqiqiy san’at asariga aylantiradi. Bu maskan nafaqat ko‘lami, balki o‘ziga xos muhiti bilan ham hayratga soladi.

asialuxe travel, reklama

Luvr Abu-Dabi

Keyingi albatta ko‘rish kerak bo‘lgan manzil — Luvr Abu-Dabi.

Muzey turli davr va madaniyatlarga oid san’at asarlari hamda tarixiy eksponatlarni birlashtiradi. Muzeylarga kam boradigan bo‘lsangiz ham, afsonaviy gumbazi yaratadigan “yorug‘lik yomg‘iri” effektiga ega betakror me’morchilikni ko‘rish uchun bu yerga kelishga arziydi.

asialuxe travel, reklama

Qasr Al Watan Prezident saroyi

Mamlakatdagi eng go‘zal binolardan biri — Qasr Al Watan Prezident saroyi.

Bu yerda hashamatli interyerlarni ko‘rish, BAA tarixi va davlat boshqaruvi haqida ko‘proq bilish, shuningdek saroy majmuasining keng zallari va bog‘larida sayr qilish mumkin.

Corniche sohilbo‘yi

Corniche sohilbo‘yi — shoshilmay sayr qilish uchun ideal joy.

Palma xiyobonlari, obod bog‘lar, velosiped yo‘laklari va osmono‘par binolar manzarasi bu yerga alohida kayfiyat bag‘ishlaydi. Ayniqsa, kechqurun shahar chiroqlari yona boshlaganda juda chiroyli bo‘ladi.

asialuxe travel, reklama

Saadiyat oroli

Dengiz bo‘yida bir kun o‘tkazishni istasangiz, Saadiyat oroliga borish mumkin.

Oppoq qum, Fors ko‘rfazining tiniq suvi va sokin muhit uni Amirliklardagi plyajda dam olish uchun eng yaxshi joylardan biriga aylantiradi.

Emirates Palace Mandarin Oriental

Ushbu afsonaviy mehmonxonada yashamasangiz ham, albatta kirib ko‘rish mumkin.

Emirates Palace dunyodagi eng hashamatli mehmonxona majmualaridan biri hisoblanadi. Muhtasham me’morchilik, obod bog‘lar va hayratlanarli interyerlar allaqachon Abu-Dabining asosiy ramzlaridan biriga aylangan.

Etihad Towers

Panoramali manzaralarni yoqtiradiganlar Etihad Towers kuzatuv maydonchasiga ko‘tarilishi kerak.

Bu yerdan shahar, sohil va Fors ko‘rfazining ajoyib manzarasi ochiladi. Ayniqsa, quyosh botish paytida bu manzara yanada chiroyli ko‘rinadi.

Mangrove National Park

Zamonaviy mavzelar yaqinida haqiqiy tabiiy voha borligini ko‘pchilik bilmaydi.

Mangrove National Park — mangrov o‘rmonlari bilan qoplangan qo‘riqlanadigan hudud. Bu yerda kayakda sayr qilib, qirg‘oqning boy ekotizimini yaqindan ko‘rish mumkin.

Heritage Village

Mamlakat tarixini yaxshiroq tushunish uchun Heritage Village majmuasiga tashrif buyurishga arziydi.

Ushbu etnografik majmua mehmonlarni badaviylarning an’anaviy turmush tarzi, milliy hunarmandchilik va neft konlari topilishidan avvalgi Amirliklar hayoti bilan tanishtiradi.

Xurmo bozori

Abu-Dabiga sayohatni gastronomik sovg‘alarsiz tasavvur qilish qiyin.

Xurmo bozorida ushbu an’anaviy mahsulotning o‘nlab navlarini tatib ko‘rish, shuningdek arab qahvasi, ziravorlar, shirinliklar va boshqa mahalliy mahsulotlarni xarid qilish mumkin.

Birinchi sayohat uchun bir nechta maslahat

Shahar bilan tanishuv imkon qadar qulay o‘tishi uchun:

  • sayohat uchun kamida 3−4 kun ajratish;
  • ochiq osmon ostidagi diqqatga sazovor joylarga ertalab yoki kechga yaqin borish;
  • muzey va saroylarga tashrifni oldindan rejalashtirish;
  • faqat plyajdagi dam olish bilan cheklanib qolmang — aynan madaniy diqqatga sazovor joylar Abu-Dabini chinakamiga o‘ziga xos qiladi.

Qaytishni istaydigan Abu-Dabi

Abu-Dabiga birinchi sayohat odatda sayyohlar kutganidan ham mazmunliroq bo‘ladi. Bu yerda dunyodagi eng go‘zal masjidlardan birini ko‘rish, jahon darajasidagi san’at bilan tanishish, zamonaviy poytaxt bo‘ylab sayr qilish, oppoq plyajlarda dam olish va Amirliklarning boy madaniyatini kashf etish mumkin.

Aynan mana shu uyg‘unlik Abu-Dabini ilk tashrifdayoq yorqin taassurot qoldiradigan va yana qaytish istagini uyg‘otadigan yo‘nalishga aylantiradi.

Turni bron qilish

Turni Asialuxe Travel’ning barcha ofislarida, Asialuxe.uz saytida va mamlakatdagi barcha turagentliklarda bron qilish mumkin.

Turni foizsiz muddatli to‘lov asosida rasmiylashtirish mumkin. “Hozir sayohat qiling — keyin to‘lang”: Asialuxe Travel bosh ofisida 6 oygacha foizsiz muddatli to‘lov.

Telefon: 1111.

Sayt: asialuxe.uz
Facebook: fb.com/asia.luxe.travel
Instagram: @asialuxe.travel
Telegram: t.me/Asialuxe

Reklama huquqlari asosida.