O‘zbekistonning mualliflik smesh-burgerlar tarmog‘i “the Burger” 2026-yil avgust oyida Bakuda o‘zining ilk restoranini ochadi. Ozarbayjon brend uchun O‘zbekiston va Qozog‘istondan keyingi uchinchi bozorga aylanadi hamda xalqaro miqyosda kengayish strategiyasining navbatdagi bosqichi bo‘ladi.
“the Burger"ga 2024-yil may oyida Toshkentda asos solingan. Ikki yil ichida brend bitta restorandan xalqaro tarmoqqa aylandi: O‘zbekistonda bir nechta shoxobchalarini ochdi, har oy o‘n minglab mehmonlardan iborat auditoriyaga erishdi va 2025-yil oktyabrida ilk xorijiy bozorga — Olmaota shahriga kirib bordi. Bakuda faoliyat boshlash bu yuksalishning davomi bo‘lib, kompaniya shunchaki alohida shoxobchalar emas, balki har bir bozorda mahsulot, xizmat ko‘rsatish va sifatning yagona standartlariga ega tarmoq qurayotganini tasdiqlaydi.
“the Burger” biznes modelining asosiy tamoyili — markazlashgan ishlab chiqarish orqali sifatni nazorat qilishdir. Tarmoqning barcha restoranlari, jumladan, Baku shoxobchasi uchun ham maxsus bulochkalar O‘zbekistonda yagona retsept asosida pishirilib, har bir nuqtaga yetkazib beriladi. Bunday yondashuv brendga yangi bozorlarga kirishda mahsulot o‘ziga xosligini saqlab qolish va faoliyatni kengaytirishda standartlardan chetga chiqish xavfini kamaytirish imkonini beradi. Bakudagi menyu Toshkent va Olmaotadagi mehmonlarga tanish bo‘lgan retseptlarni to‘liq takrorlaydi.

Mahsulot asosida “Haqiqiy” falsafasi yotadi: “smash” texnologiyasi, usti qarsildoq yangi go‘sht, o‘zining maxsus retsepti asosida tayyorlangan firma bulochkasi. Brend mahalliy bozor uchun eksklyuziv taklif — aynan ozarbayjonlik mehmonlar uchun yaratilgan qo‘y go‘shtli burgerni tayyorladi.
“Bаku — uzoq muddatli faoliyatimizning debochasi. Biz shunchaki restoranlar tarmog‘ini emas, balki sifat va o‘ziga xoslikni yo‘qotmagan holda kengaytirish mumkin bo‘lgan tizimni barpo etyapmiz. Biz mehmonlarimiz qadrlaydigan barcha jihatlarni saqlab qolgan holda Boku gastronomik madaniyatining bir qismiga aylanishni istaymiz. Aynan shuning uchun ham bozor bilan tanishuvni eksklyuziv qo‘y go‘shtli burger tayyorlashdan boshlashga qaror qildik”, — deya ta’kidladi “the Burger” tarmog‘ining bosh menejeri Bahodir Ergashev.

Kompaniya Ozarbayjonni uzoq muddatli bozor sifatida ko‘rmoqda va bu yerda ham tarmoqni O‘zbekiston va Qozog‘istondagi kabi izchil rivojlantirish niyatida.
Reklama huquqlari asosida.