31-iyul kuni Yandex Uzbekistan ofisida startaplar taqdimoti hamda loyiha asoschilari va soha mutaxassislari o‘rtasidagi tajriba almashinuviga bag‘ishlangan PizzaPitch uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Yandex Uzbekistan rahbari Izzat Shukurov bosh ekspert sifatida ishtirok etadi. Ishtirokchilar o‘z g‘oyasi, MVP yoki tayyor mahsulotini taqdim etib, loyihani yanada rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza va tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tadbir formatida har bir loyihaning uch daqiqalik taqdimoti hamda yetti daqiqalik savol-javoblar va ekspert sharhlari sessiyasi ko‘zda tutilgan.
Arizalar 29-iyul soat 18:00 gacha qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.