5-avgust kuni “T Alliance Business Club biznesda sun’iy intellektning amaliy qo‘llanishiga bag‘ishlangan yettinchi biznes-nonushtasini o‘tkazadi.
Tadbirda Softprom kompaniyasining Cloud & AI Unit bo‘linmasi rahbari Ruslan Omarov spiker sifatida ishtirok etadi. U amalga oshirilgan loyihalar misolida korporativ AI-yordamchilarni joriy etish, RAG texnologiyalaridan foydalanish, telefon qo‘ng‘iroqlari tahlilini avtomatlashtirish, mijozlar va texnik qo‘llab-quvvatlash uchun ovozli yordamchilar, shuningdek, AI-yechimlarning samaradorligini baholash va ko‘lamini kengaytirish yondashuvlari haqida so‘z yuritadi.
Taqdimotdan so‘ng ishtirokchilarni ochiq munozara, savol-javoblar sessiyasi hamda ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish kutmoqda. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.